Namoz o‘qish makruh bo‘ladigan vaqtlar
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hamidulloh Beruniyning Jum’a kuni qiyom vaqtidagi tahiyyati masjid namozining hukmi mavzularida quyidagi matnni o‘qib Asr namozini to‘g‘ri o‘qiyotganimga ikkilanib qoldim: Namoz o‘qish makruh bo‘ladigan vaqtlar orasida, asosan, uchta vaqt ittifoqan bir xil ko‘rsatiladi. Hanafiy mazhabining mo‘’tabar matn kitoblarida bunday deb yozilgan: «Namoz (qanday namoz bo‘lishidan qat’iy nazar), sajdai tilovat va janoza namozi quyosh chiqayotgan, tikkaga kelayotgan va botayotgan paytda joiz bo‘lmaydi» Men ishdan qaytayotganda masjidda Asr namozini Shom namozi o‘qilishidan 15 daqiqa avval o‘qib olaman (chunki bir savolga-javobda Asr namozini o‘qish mumkin deyilgan ekan). Yuqoridagilardan kelib chikib, Asr namozini Shomdan avval o‘qigan yaxshimi yoki Shomdan so‘ng o‘qigan afzalmi? Javobingiz uchun raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha kunning Asrini quyosh botayotganda ham o‘qish mumkin. Sizning o‘qishingiz juda ham to‘g‘ri.
26 May 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha kunning Asrini quyosh botayotganda ham o‘qish mumkin. Sizning o‘qishingiz juda ham to‘g‘ri.
26 May 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 175 | Namoz