Dacha egasi o‘z dachasida namoz o‘qishi
Assalomu alaykum! Bir okamlarni dachalariga dam olgani chiqqan edik. Dacha Burchumullada bo‘lib, shahardan 110km uzoqlikda. Shunda namoz vaqtida jamoat bo‘lib asr, xufton namozlarini qasr qilib o‘qidik. Zikr ahlidan so‘rang telegramm kanalida o‘xshash savol javoblarni o‘qiganim uchun qiyos qilib dacha egasi okamga “siz to‘liq o‘qishingiz kerak” deb aytdim. To‘g‘ri aytganmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytgansiz, dacha egasi to‘liq o‘qiydi. Ikki joyda ham muqim(vatani bor) bo‘lganlar namozlarini ikki uyida ham to‘liq o‘qiydi. Biridan boshqasiga borish uchun safarga chiqqanida yo‘lda qasr qilib o‘qiydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:53 | Savol-javoblar | 140 | Namoz