Budlarga sig‘inishning kelib chiqishi
Assalomu alaykum! Bir maruzada eshitib qoldim lekin bu maruzani kim aytganligi xam nomalum. Xullas maruzada shayton insonlarlaning o‘tganlarni xurmat qildirish manosida odamlarga o‘sha insonlarni suratlarini uyiga osib qo‘yishni maslaxat beradi. Xuddiki ularga yordam berayotgan kabi va oxir oqibat insonlar o‘tgan avliyolarini xaykallarini yasatib ularga ibodat qilish darajasiga borgan ekan va bugungi kundagi axvolgacha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nuh” surasida marhamat qiladi: وَقَالُوا لَا تَذَرُنَّ آلِهَتَكُمْ وَلَا تَذَرُنَّ وَدًّا وَلَا سُوَاعًا وَلَا يَغُوثَ وَيَعُوقَ وَنَسْرًا 23. Va ular: «Ilohlaringizni hech tark qilmanglar va albatta, Vaddni ham, Suva’ni ham, Yag‘usni ham, Ya’uqni ham va Nasr¬ni ham tark qilmang», – dedilar.
Aziz kitobxon, Nuh alayhissalom qissalarining sharhida eslatib o‘tganimiz shayton vasvasasi tufayli kishilar haykallarga sig‘inishining bayoni ushbu oyatda nozil qilinganining guvohi bo‘ldik.
Rivoyatlarda kelishicha, Vadd, Suva’, Yag‘us, Ya’uq va Nasrlar ahli solih, taqvodor kishilar bo‘lganlar. Kishilar ularni nihoyatda yaxshi ko‘rganlar va hurmat qilganlar. Vaqti-soati etib, ular vafot etganlaridan so‘ng shayton vasvasasiga uchib, kishilar ularning suratlarini chizganlar, so‘ngra haykallarini yasaganlar. Ularni ziyorat qilganlar. Asta-sekin ularga dardlarini aytadigan bo‘lishgan. Oqibatda, vaqt o‘tishi bilan ularni Xudo deb e’tiqod qilganlar va ularga ibodat qilganlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 08:28 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar