Ekin payxoni uchun olingan mablag‘

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizning fermer xo‘jaligimizdagi bedazorga qishloq axolisiga tegishli ko‘plab qoramol va otlar qo‘yib yuborilyapti. Iltimos va ogohlantirishimizga qaramay bu xolat davom etib keldi. Keyin biz 5 kishiga tegishli 20 bosh otni ekinzorda ushlab, og‘ilxonaga qamab, xar bir xayvon uchun 100-150 ming so‘mdan etkazilgan zarar uchun jarima sifatida pul oldik. Shu pullar biz uchun xalol bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Etkazilgan zararnigina qoplatishingiz mumkin. Ortig‘ini qaytarib bering. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar