Muxammad ismli odamni do‘zax kuydirmas ekan

Assalomu alaykum! Bir kishi “Agar Muhammad ismini yaxshi niyat bilan qo‘ysa, Alloh  u ismning sharofati bilan uni do‘zaxda kuydirmas ekan” dedi. Shu tug‘rimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan do‘zaxda kuymaslik gapi g‘aybga tegishli ish. Buni Alloh va rasuli tarafidan birorta bir oyat yoki hadis bo‘lmasa aytish joiz emas. G‘aybdan tahmin qilib gapirish bo‘lib qoladi. Unday oyat va hadisni esa biz bilmaymiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar