Tualet / xojatxona

Assalomu alaykum! Erim 25 yoshdalar. 1. Xojatxonada turip siyadilar va shunga xama joyga sachraydi. 2. Kotasiga kirsalar (chichsalar) ketlaridan tozalamaydilar. Uzur ochikchasiga aytayotganim uchun. Kecha tozalanip yurishiz kerak, ketizdan bu narsalani tozalashiz kerak bizani dinda tozalikka etibor beriladi degan edim. Kaynonam man shu paytgacha tozalap keganman ketidan, endi siz tozalisiz, ozi tozalamidi dedilar ogillarini to‘g‘ri yolga chorlashni urniga. Endi shundan ken erimga tozalen disam «san mani xizmatimni kilishing kerak, ketimdan bokimi tozalisan» dedilar. Ayting bu kanchalik to‘g‘ri? Agar yordam bersangiz erimgaxam shu narsani kursatgan bolardim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Turib bavl qilish musulmon erkakning axloqiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu makruh ishdir. Payg‘ambarimiz sollallulohu alayhi vasallam doimo o‘tirib bavl qilganlar. Sahobalarni ham tik turib siyishdan qaytarganlar. Imom Termiziy qilgan rivoyatda hazrati Umar ibn Xattob: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam meni tik turib siyayotganimni ko‘rib: «Ey Umar, tik turib siyma», dedilar. Shundan keyin hech tik turib siymadim», deydilar.Imom Ahmad, Termiziy va Nasaiylar qilgan rivoyatda Oisha onamiz roziyallohu anho: «Kim sizga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tik turib siyar edi, desa, tasdiq qilmanglar. U kishi faqat o‘tirib siyar edi», deganlar.2). Siz eringizning ketidan tozalab yurishga majbur emassiz. Eringiz o‘z ketidan tozalamasligining o‘zi bir gunoh, sizni bu ishga majburlashi yana bir gunoh. Fiqh kitoblarida xotinning majburiyatlari va huquqlari belgilab berilgan. Xususan bunday deyiladi:أما واجب الزوجة: فلا يجب عليها خدمة زوجها في الخبز والطحن والطبخ والغسل وغيرها من الخدمات، وعليه أن يأتيها بطعام مهيأ إن كانت ممن لا تخدم نفسها؛ لأن المعقود عليه من جهتها هو الاستمتاع فلا يلزمها ما سواه، لكن لا يجوز لمن تخدم نفسها وتقدر على الخدمة أخذ الأجرة على عمل البيت، لوجوبه عليها ديانة، حتى ولو كانت شريفة Ayolning vojiblariga kelsak, u non yopish, tegirmon ishlatish, ovqat pishirish, yuvintirish va erining boshqa shu kabi xizmatlarini qilishi vojib emas. Agar ayol (nikohdan avval) o‘z xizmatini o‘zi qilmaydigan ayollardan bo‘lgan bo‘lsa (nikohdan so‘ng) eri unga tayyor taom keltirib berishi shart. Chunki nikoh vositasida jinsiy huzurlanish huquqigina sobit bo‘lgan. Ayolga bunday boshqasi vojib bo‘lib qolmagan. Lekin o‘z xizmatini o‘zi qiladigan va bunga jismoniy jihatdan qodir bo‘lgan ayol uy ishlarini bajargani uchun haq talab qilishi joiz emas, chunki bu ishlar bunday ayol uchun diyonat jihatidan vojibdir. Garchi sharafli oila farzandi bo‘lsa ham. (“Al-Fiqhul Islamiy va adillatuh” kitobi). Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 20:41 | Savol-javoblar | 0 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar