Abu Tolib musulmon bo‘lganmi?

Assalomu alaykum! Savolim shunday Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam amakilari Abu Tolib musulmon bo‘lganmilar? Bir tanishim bir xadisni aytib qoldi : Jafar as-Sodiq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladi: - G‘or axli o‘z dinlirini yashirishgan. Abu Tolib xam Islom dinidaligini yashirgan, Alloh unga ikki karra ko‘p mukofot beradi. Men bu xadisni uning og‘zidan yozdim Bu xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Siz eshitgan hadis to‘qima. حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ الْحَارِثِ، حَدَّثَنَا الْعَبَّاسُ بْنُ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ لِلنَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَا أَغْنَيْتَ عَنْ عَمِّكَ، فَإِنَّهُ كَانَ يَحُوطُكَ وَيَغْضَبُ لَكَ. قَالَ : هُوَ فِي ضَحْضَاحٍ مِنْ نَارٍ، وَلَوْلَا أَنَا لَكَانَ فِي الدَّرَكِ الْأَسْفَلِ مِنَ النَّارِ Abdulloh ibn Horis aytadi:
«Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Amakingizga nima foyda etkazdingiz? Axir u sizni ehtiyotlar, sizni deb o‘zgalarga g‘azab qilar edi», dedi. U zot: «U do‘zaxning eng sayoz joyida. Men bo‘lmaganimda, uning qa’rida bo‘lar edi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 177 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar