Klient jo‘natib narxiga 5% qo‘shib qo‘ydirish

Assalomu alaykum! Bir odam bizning do‘konga mijoz yuborsa va aytsaki tovarning ustiga 5% qo‘yib soting va mijoz xarid qilgandan keyin shu 5 % pulini olib ketaman desa shu savdo xalolmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu savdo halol emas. Siz o‘zingiz odamlarni ishga yollab “menga mijoz jo‘nating, shunda o‘z foydamizdan faloncha haq beramiz” deb kelishib oling. Beradigan haqingizni molni odatda sotadigan narxiga qo‘shmang. Chunki sizga u gapni aytayotganlar ularga bo‘lgan ishonchga xiyonat qilgan insonlar hisoblanishadi. Musulmon kishi xiyonatkorlar tarafida bo‘lmasligi kerak. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi:   إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللّهُ وَلاَ تَكُن لِّلْخَآئِنِينَ خَصِيمًا۝ 105. Albatta, Biz senga Kitobni odamlar orasida Alloh senga ko‘rsatganidek hukm qilishing uchun haq ila nozil qildik. Sen xoinlarning yonini oluvchi bo‘lma! Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar