Zalolatdagi qilingan gunoxlar
Assalomu alaykum! 1) Zalolatdaligimda to‘yda onam bilan o‘tirganimizda videochini telefoni tushib qoldi. Onam indamay menga olib berdilar uni ishlatdim. Allohga shukur Alloh xidoyat berdi. Endi u videochini tanimaymanxam. Buni xukmi qanday? 2) magazindan 320 ming so‘mlik narsa olgandim sotuvchi yordamchisiga 320 ming oling dedi. U adashib 220 ming oldi. Menxam indamadim. Buning xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘sha kishini surishtirib topishga harakat qiling. Topishning iloji bo‘lmasa u kishining nomidan sadaqa qilasiz.
2). Sotuvchining haqqi sizda qolib ketibdi. Darhol qolgan pulni qaytarib bering. U pul to berguningizcha sizni zimmangizda qarz bo‘lib qoladi. وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:25 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom