Taqvim

Assalomu alaykum! Men hozirda Qozog‘istonni Aktube shahrida ishlayapman. Menda islom.uz taqvimi bor. Shu taqvimni uslubini, hududini qanday sozlashni bilmayapman, yana bu erda namozni quyosh botadigan tarafga qarab o‘qisa bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz namozlaringizni yaqiningizdagi masjidga chiqib o‘qing. Chiqolmasangiz o‘sha masjidning vaqtiga va qiblasiga qarab o‘qing. Islom uz. ning taqvimi hozircha O‘zbekistonning o‘ziga ishlaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar