Tovuq va tuxum

Assalomu alaykum! Biz qishloqda, hovlida yashaymiz. Tovuq boqamiz. Tovuqlarning emiga najosat aralashmasligi uchun tovuqxonani em idishini tashqariga chiqarib qo‘yganmiz suv idishni ichkariga quyganmiz. Tovuqlar emni boshini chiqarib eydi. Lekin makka, bug‘doy kepakdan tashqari sabzavotlarning po‘chog‘ini ham beramiz. Tovuq aqlsiz jonzot bo‘lganligi uchun em idishdagi po‘choq va shunga o‘xshash emni olib qochib eydi shunda o‘zining axlatiga qo‘shib eyish ehtimoli ko‘proq. Ustozimizni Allohim ohiratlarini obod, joylarini jannatdan qilsin. Shayx Hazratlari Tovuq ham o‘zini axlatini eydi. So‘yishdan oldin 3 kun boqish kerak deb aytkan ekanlar. 1. So‘yiladigan Tovuq alohida qilib boqiladimi? Alohida Tovuq katak ham bor. Lekin shunda ham najosatni eb quysachi? 2. Tovuq o‘zini axlatini eb quysa uning tuxumlarini iste’moli joizmi? Savollarim noo‘rin bo‘lgan bo‘lsa kechirasizlar. Javoblaringiz uchun oldindan rahmat! Alloh Taolo ilmingizni bundanda ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda istehola ya’ni bir narsa o‘zining haqiqatidan o‘zgarib boshqa haqiqatga o‘tsa hukmi ham o‘zgaradi degan qoida bor. Bunga juda ko‘p o‘rinlarda ulamolar tezak yoqilib kulga aylansa, moldan chiqqan najosatlar ekinga solinib hosil bersa, hatto tuz konidagi eshak o‘lib tuzga tushib tuzga aylanib ketsa pok bo‘ladi deb misollar keltirishgan. Xuddi shuningdek tovuq egan najosat go‘sht yoki tuxumga aylansa u ham pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar