Venerik kasallik yuqishi
Assalomu alaykum! Kimligi sir qolishini istagan insonning savoli: «Assalomu alaykum. Man uylanganman. Uylanganimdan so‘ng ikki turdagi venerik kasallikka chalinganimni bildim. Bu orada ushbu kasalliklar kelinga xam yuqibdi. Xudoga shukur shu paytgacha foxishalaga bormaganman va nasib qilsa bormoqchi xam emasman. Biron qiz bilan xam o‘pishib yoki birga yotmaganman. Qaerda va qanday yuqqanini bilmayman. Doktorlani va internetdan o‘qigan ma’lumotlarimga ko‘ra venerik kasalliklar shu kassalikla chalingan odam (agar o‘sha odamda ushbu turdagi kassalik rivojlanish yoki qaytalanish bosqichida bo‘lsa) bilan bir basseynda cho‘milganda o‘sha odamni siydigi tushgan bo‘lsa, yoki bevosita siydigi tegsa, bir piyoladan choy ichsa, kasallangan odamni qonini sog‘lom odamga quyilsa va ko‘plab xolatla orqali o‘tarkan. Eng yomon tomoni shundaki ushbu kasallikla davosi yo‘q kasallar ekan:
1) man o‘zim xoxlamagan va bilmagan xolatda mandan kelinga yuqqani uchun manga gunox yoziladimi?
2) man ushbu kasalliklani nima deb qabul qilay: jazomi yoki sinov?
3) agar man to‘ygacha ushbu kasallikka chalinganimni bilganimda nima yo‘l tutishim kerak edi? Sog‘lom kelinga uylanmasligim kerakmidi? Shunaqa kasalga chalingan qiz topib uylanishim kerakmidi? So‘ngi so‘z o‘rnida xali uylanmagan va turmushga chiqmaganlar uchun maslaxat: to‘ydan avval albatta venerik kasallik bor yo‘qligini tekshirtirishsin. Shunda yomon oqibatlarni oldi olinadi. Savol uzunligi uchun uzr so‘rayman».
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qasddan qilinmaganiga gunohkor bo‘lmaysiz. 2). O‘zingiz aytganingizdek bo‘lsa, imtihon va sabr qilsangiz ajr ham bo‘ladi. 3). Muolaja qilib tuzalib keyin nikohlanaverasiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا عَدْوَى وَلَا صَفَرَ وَلَا هَامَةَ، فَقَالَ أَعْرَابِيٌّ: يَا رَسُولَ اللهِ، فَمَا بَالُ الْإِبِلِ تَكُونُ فِي الرَّمْلِ كَأَنَّهَا الظِّبَاءُ، فَيُخَالِطُهَا الْبَعِيرُ الْأَجْرَبُ فَيُجْرِبُهَا كُلَّهَا قَالَ: فَمَنْ أَعْدَى الْأَوَّلَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kasallik yuqishi yo‘q, safar yo‘q va boyqush yo‘q», dedilar». Shunda bir A’robiy: «Ey Allohning Rasuli, unda tuyalarga nima bo‘lgan? Qumda xuddi ohudek yurishadi. Bitta qo‘tir tuya qo‘shilib qolsa, hammasini qo‘tir qilib yuboradi?» dedi. «Birinchiga kim yuqtirgan?» dedilar u zot». Sharh: Gap shu joyda. Agar xastalikni uning yuqishi tarqatadigan bo‘lsa, uning birinchi paydo bo‘lishi haqida nima deyiladi? «Hamma narsa Alloh taoloning irodasi ila bo‘ladi», degan e’tiqodga kelinmagunicha, bu savol zanjiri uzayib boraveradi. Alloh taologa va Uning cheksiz qudratiga, hamma narsa Uning irodasi ila bo‘lishiga iymon keltirgan kishilargina «Xastalikning birinchi paydo bo‘lishi ham, uning yuqishi ham faqatgina Alloh taoloning irodasi ila bo‘ladi», dedilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 147 | Tabobat