Idda ichida qaytib olish

Assalomu alaykum! Er-xotin alohida, ya’ni ayol ota-onasini uyida, er o‘z uyida ayoliga javob bersayu, niyatida javob berish bo‘lmagan bo‘lsa va o‘sha kuniyoq “seni qaytib oldim” deb ich-ichidan “senga javob” degan so‘zni qandaydur stress holatda aytgan bo‘lsa, o‘sha kundan boshlab 3 yoki 4 oy ichida “seni qaytvoldim” deb o‘ziga-o‘zi “qaytvoldim” desa ayolga taloq boshqacharoq qilib aytganda javob bo‘lmaydimi? Bunday holatlarda nikoh o‘qitish shart emasmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshisi sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab, maslahat qilinglar, chunki bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar