Imomga iqtido qilsayu imom buni bilmasa
Assalomu alaykum! Bugun, darsdan chiqib, asr namozini o‘qish uchun masjidga kirdim. Oyoq kiyimimni echayotgan paytimda, bir kishi takbiri taxrima aytib namoz boshladi. Man tez kelib orqasidan turvoldim. Shu imomga iqtido qilganimni niyat qilib namozni boshladim, lekin u odamga bildirib qo‘yish esimdan chiqib qolibdi. U qolgan takbirlarni ichida aytdi, lekin xarakatlaridan nima qilayotganini sezib, ortida o‘qiyverdim. Chap elkasiga salom bergandan keyin manam salom berib namozni tugatdim. Keyin u odam chiqib ketdi, man tasbehlarni aytib, duo qilib chiqdim. Shu namozim durust bo‘ldimi? Chunki imom unga iqtido qilganimni namozdan keyinam bilmadi? 2). Niyatda “ushbu imomga ergashib o‘qishni niyat qildim” desa bo‘ladimi yoki namozni niyat qilib shu imomga iqtido qildim deyish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bilmagan bo‘lsa qayta o‘qib olasiz. 2). Farqi yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bilmagan bo‘lsa qayta o‘qib olasiz. 2). Farqi yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 166 | Namoz