Qur’on maxluqmi ?
Assalomu alaykum! Qur’oni karim maxluq emasligiga etiqod qilishimiz kerak. Ammo bir xadisda Qur’oni karim ýzini ichida bor sýzlardan tashqari, tilga kirib ýz nomidan maxluq kabi boshqa sýzlarni xam gapira olyapti. Xuddi uning erkin irodasi borga ýxshaydi. Abu xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollaloxu alayxi vassalam dedilar: "Qur’on qiyomat kuni kelib: "Ey Robbim, unga sarpo ber", deydi. Bas, unga karomat toji kiydiriladi. Sýngra u yana..." Ushbu xadisda qur’onni kelishi va sýzlashi uni kýrinishi, tasviri bor deb ýylashimizga mantiqan majbur qilyapti. Balki xadisda kelgan sýzlar shunchaki ýxshatilishdir, ya’ni bu ýxshatish ila Qur’oni karim ýzining ýquvchisini jannatga kirishiga, darajasi kýtarilishiga sabab býladi degan ma’no nazarda tutilgandir. Allox biluvchiroq. Savolimga xar taraflama ýylab javob berishingizni iltimos qilib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadisdagi Qur’oni Karimning kelishi va gapirishidan murod qilingan qiroatning savobidir. Ya’ni savoblar Alloh taoloning qudrati bilan xuddi amallar tarozida tortish uchun sur’atlantirilganidek jism ko‘rinishida keltiriladi. Hadisda shu nazarda tutilgan. Bu o‘rinda Qur’onni maxluq emasligiga ziddiyat yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 209 | Qur’oni karim