Baliq

Assalomu alaykum! Savolimning mazmuni shunday: Baliq halol taom biroq Allohning ismini zikr qilmasdan so‘yilgan halol jonzotlar ham harom hisoblanadi. Men amerikada mol va qo‘y go‘shtini emayman, chunki ularning so‘yilish mezoni biz musulmonlarga xos tarzda emas. Biroq inson adashuvchi va unda turli xil istaklar bo‘lishi tabiiy. Savol: bu erda magazindagi baliq musulmonlar uchun halol hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Baliqni oquvchi qoni bo‘lmagani uchun mol qo‘ylarga o‘xshab so‘yish shart emas. Qanday yo‘l bilan o‘ldirilsa ham halol bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar