Takroriy g‘usl

Assalomu alaykum! 1). Ma’lumki, g‘usl olish jarayonida el kelishi, bovul qilish kabi holatlar g‘uslni davom ettirishga to‘sqinlik qilmaydi va g‘usl ado etilgan hisoblanadi. Biroq ushbu g‘usl bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi. Savolim shundan iboratki, takroriy g‘usl qilish hukmi qanday, ya’ni aytaylik "bismillah" bilan g‘uslni boshladim, dastlab og‘izni g‘arg‘ara ila uch bor chaydim, so‘ngra burunni uch bor chaydim, undan so‘ng boshdan oyoq birin-ketin butun badanimni shampun va sovun ishlatgan holda yuvdim. G‘usl yakuniga etish jarayonida bovul qilish yoki el chiqarish zarurati yuzaga kelib qoldi. Qistangan holda namoz o‘qish makruhligi inobatga olib, g‘usl yakunida "kichik hojat" qilinsa va g‘uslni yakuniga etkazmasdan, "bismillah" bilan yangitdan g‘usl boshlasa (faqat bu safar tozalash vositalari ishlatmasdan) va g‘usl shartlarini barchasini qaytadan (tez-tez) bajarsa, ushbu takroriy (yoki yangitdan olingan) g‘usl bilan namoz o‘qish mumkin bo‘ladimi? 2). Ba’zida namozdan oldin bovul qilish ehtiyoji tug‘ilganday bo‘laveradi va tahoratimni yangilashga kirishaman. Biroq bovul qilayotganimda, siydik juda kam hajmda chiqadi. Oddiy hollarda, ya’ni namoz vaqtlardan boshqa vaqtlarda ushbu holatdangi "qistanish" deyarli sezilmaydi ham, biroq namoz yaqinlashganda kuchayganday tuyilaveradi. Ushbu holat ko‘proq vasvasa natijasi bo‘lsa kerak deb o‘ylab qolaman. Shu sababdan "qistangan" holatning darajasi (malollanmaydigan darajada chidash mumkin bo‘lgan holat) bormi va bo‘lsa ushbu "kichik darajali qistanish" bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi degan savol bilan murojaat qilishga majbur bo‘ldim. Vaqt ajratganligingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Vasvasani yo‘q qilish uchun ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 146 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar