Menga nasihat qilinglar

Assalomu alaykum! Men oilaliman, 2 farzandim bor, namoz o‘qiyman, lekin shayton kuchlilik qilib yo‘ldan uradimi bilmiman zino qilishga undaydi. Maruzalar, Qur’on tilovatlar eshitsam yana xammasi joyiga tushgandek bo‘ladi. Oz muncha vaqtdan keyin yana o‘sha vaziyat takrorlanadi. Buning uchun nima qilishim kerak bo‘ladi, nasihat qilinglar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir narsani biling, zino qarz hisoblanadi. Qiluvchini ham ayollaridan kimnidir shunday holatga tushishi bo‘ladi, chunki bu qarzdir. Ojiza opa-singil va ayollaringizga rahm qiling. Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh o‘zlarining bir baytlarida “Zino qarzdir, oilangdagilar uni to‘lashi shart bo‘ladi” deganlar. Bu zinokorning ayoli va qizi bilan ham o‘sha ishni qilishadi degani. Alloh taolo “Shuuro” surasida marhamat qiladi:  وَجَزَاء سَيِّئَةٍ سَيِّئَةٌ مِّثْلُهَا 40. Yomonlikning jazosi o‘z mislidek yomonlikdir. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar