Namozda suralarga tili kelmay qolish
Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiyotganimda namozdagi suralarga, umuman namozda o‘qiladigan hammasi (suralar, salavotlar...) ga tilim kelmay qolyapti, qiynalib ketyapman namozimni tugatgunimcha. Namozimni o‘qiyolmay qolishdan qo‘rqyapman. Faqat namozda shunday holat bo‘lyapti, boshqa payt gapirishim doimgide. Iltimos maslahat bering nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘sh qoldingiz (arab tilida) Qur’on qiroat qilish bilan mashg‘ul bo‘ling. Shunda tilingiz arab so‘zlariga o‘rganadi. Bu qiroat qilishdagi mashaqqatga ham savob bor. عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمَاهِرُ بِالْقُرْآنِ مَعَ السَّفَرَةِ الْكِرَامِ الْبَرَرَةِ، وَالَّذِي يَقْرَأُ الْقُرْآنَ وَيَتَتَعْتَعُ فِيهِ وَهُوَ عَلَيْهِ شَاقٌّ لَهُ أَجْرَانِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’onga mohir kishi oliyjanob, mukarram elchilar (farishtalar) bilan birgadir. Mashaqqat bilan, tutilib o‘qiydigan kishiga esa ikki ajr bor», dedilar».
Izoh: Qiynalib o‘qiydigan kishi ham o‘qigani, ham mashaqqatga sabr qilgani uchun ikki ajr oladi, ammo buni Qur’onga mohir kishining ajridan ikki baravar ko‘p deb tushunmaslik kerak.
“Sahihi Muslim” kitobidan. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar