Masjiddagi tavoze

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni yana xam ziyoda qilsin. Bizning masjidlarda yoshlarni orqa safga o‘tinglar deb aytishadi. Masjidda yoshmi qarimi birinchi safning savobidan umidvor bo‘lib ertaroq kelib oldingi saflardan joy olish mumkinmi yo kattalarga joy qoldirib orqaga o‘tirish kerakmi?. Masjidda tavoze bormi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Masjidda o‘rnini bo‘shatish kerak degan narsa yo‘q. Birinchi kelib o‘tirgan o‘sha joyga haqli bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 139 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar