Mayitni yuvgandan so‘ng suvi haqida

Assalomu alaykum! Xar toifa inson borki o‘lim sharbatini tortadi va mayyitni kafanlashdan oldin yuvishga tayorlab yuviladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan so‘ng yuvgach, yuvilgan suvni nima qilishgan? Mendagi malumotlarga ko‘ra masjidlarga tomchi bo‘lib tushgan. Shu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda har bir hukm Qur’on va hadis va ulamolar ijmosi bilan sobit bo‘lgan. Dinimiz hukmlar borasida har xil qissa va hikoyalarga suyangan emas. Siz aytgan ma’lumot haqida ham ishonchli hadis yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:09 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar