Penya undiradigan firma
Assalomu alaykum! Men firmada yurist bo‘lib ishlayman. Firmamiz asosan ulgurji savdo bilan shug‘ullanadi. Biz shartnoma orqali mahsulotni sotamiz. Ba’zan taraflar shartnomaga amal qilmagan holda to‘lovni to‘lamaganliklari uchun ularni biz sudga beramiz. Sud tomonidan arizamiz qanoatlantirilib, penya ham chiqarib beradi. Bu penya bizning hisob raqamimizga to‘lanadi. Men, albatta, penya nojoiz ekanligini rahbarga ham aytdim. Savolim shundan iboratki, mening shu firmada ish faoliyatimni davom ettirishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Penya sifatida to‘langan pullarni o‘z egalariga qaytaringlar. Firmangizning faoliyati shariatga muvofiq tarzda bo‘lishini ta’minlashingiz lozim.
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Penya to‘lash to‘g‘risidagi hukm siz va sizning firmangiz tarafidan chiqarilmagani tufayli sizning olayotgan maoshingizga va faoliyatingizga zarari bo‘lmaydi, faqat o‘sha pullar o‘z egadorlariga qaytarilishi lozim. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom