Momalar va Chiltonlar

Assalomu alaykum! Men yolg‘iz o‘g‘ilga kelin bo‘lib tushganman. Qaynonam momalarga, chiltonlarga sham yoqib Qur’on o‘qir ekanlar. Ular o‘tdilar, mendan boshqa davomchi yo‘q ekan. Vasiyatlarini bajarish uchun xar 15 kunda sham yoqib momalarga, ya’ni, Moma Xavo onamizga, Bibi Mar’yam onamizga, Xadichai Kibriyo, Bibi Fotimam, yana 4 buvim, 7 buvim, 11 buvimga, kindik momalarga bag‘ishlab xolis Qur’on tilovat qilaman,(bu ularning o‘rgatganlari). Xar 3 oyda 1ta kosada Osh qilib boshqa moma kampirga berib yuboraman. U Chiltonlarga Qur’on tilovat qiladi. O‘zim oliy ma’lumotliman, birnecha marta Qur’on xatm qilganman (dargoxida qabul bo‘lsin). Bu ishim shirkmi? Agar shirk bo‘lsa unda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishlarni tez tark qiling. Bu ishlarni qiladigan bo‘lsangiz tilovat qilgan xatmi Qur’onizi ham o‘qigan namozingizni ham savobini umid qilmang. Mushriklarning savobi yozilmaydi. Tez tark qiling, eringiz bilan nikohingizni ham qaytadan o‘qitib oling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 183 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar