Ramazonda somsa sotish

Assalomu alaykum! O‘zini musulmon hisoblab, namoz o‘qimaydigan va ro‘za tutmaydigan insonlarga ramazonda somsa sotish mumkinmi? Bu savolni berishimni sababi bizni oilamizni kasbi somsa sotish. Yoki bu oydi somsa sotishni butkul to‘xtatganimiz ma’qulimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Moida” surasi 2-oyatida marhamat qiladi : «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang». Ushbu mo‘’jazgina jumla dunyodagi barcha hamkorliklar uchun asosiy qoida hisoblanadi. Islomdan avvalgi davrda hamkorlik qoidasi urug‘chilik, qabilachilik va boshqa shunga o‘xshash o‘lchovlar asosida bo‘lar edi. O‘ziga yaqin bo‘lgan shaxs, toifa, qabila, davlat yoki xalq nima qilsa, unga hamkor bo‘lish zarur edi. Jumladan, zulm va dushmanlik ishlarida ham. Islomda esa hamkorlikning bosh sharti yaxshilik va taqvodir. Agar shu shart vujudga kelsa, hamma bilan hamkorlik qilinaveradi. Ammo qaerda gunoh va yomonlik bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, hamkorlik qilinmaydi. Bu ishlarning hammasi Alloh taologa bog‘liq. Mazkur ishlarni amalga oshirishda, albatta, taqvo shart.(“Tafsiri Hilol”). "Kifoya" kitobida quyidagicha matnlar ham bor. – Ramazon oyida uzrsiz ravishda ro‘za tutmay yurgan musulmonga taom sotish joiz emas. Musulmonmas kishilarga sotsa, joiz. («Majmuatu Fatoviy shar’iyya». 5-juz. 193-bet). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar