Tabib mahrammi deyilgan savolga berilgan javob

Assalomu alaykum! Dinimizda tabibni 5ta maqomi bor ekan. 1-tabib habib degani ekan. 2-tabib maxram ekan (xotini tabibdan rashq qilib bolmas ekan).3-tabibni aytgan gapi xukmga otar ekan. 4-tabibga beriladigan nazri-niyozlar boshqa kasbdagilarga beriladigan nazri niyozdan ortiq bolishi kerak ekan. 5-tabibni Hurmati vojib ekan. Tabibni beHurmat qilgan payg‘ambarni beHurmat qilgan blan barovar ekan. Kanalda eshtib qoldm G‘aybulla qori maruzasda bu gaplar kitobda yozilgan dedi. Bu so‘zlar qaysi kitobda yozilgan. Tabib mahrammi? degan savolga mutloq boshqacha javob bergansizlar. Iltimos menga tushintrib bersangizlar. Bu so‘zlar qaysi kitobda yozilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaysi kitobda yozilganini o‘sha gapni aytgan odamdan so‘rang. Bizni ishimiz oyat hadisga zid bo‘lgan o‘rinlarda ogohlantirib qo‘yishdan iborat. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 156 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar