O‘quvchi o‘rniga sayt qilib berish

Assalomu alaykum! Men talabaman. Bizning universitetda kurs ishi uchun sayt yaratish kerak. Yaratilgan saytga qarab o‘qituvchilar baho berishadi. Men ham sayt qilishni yaxshi bilaman. Agar mendan kurs ishi uchun sayt qilib berishni o‘quvchilar so‘rashsa va men qilib bergan xizmatim uchun pul olsam menga halolmi? Shunga o‘xshash savolni o‘qigan edim. U erda insho yoki kurs ishi haqida so‘ralganda halol bo‘lmasligini aytgan edingiz. Mening xolatimda qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ham birovning tahoratiga namoz o‘qishga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar