Salomlashish
Assalomu alaykum! Yana bir savol bilan murojaat qilishga ijozat bergaysizlar! O‘zbekchani biladigan boshqa millat va din vakillari bilan odatda yaxshimisiz yoki qalaysiz deb so‘rashaman. O‘z dinimizdan bo‘lgan tanishlarimni mast xolatda ko‘rsam xam. Shu ishim to‘g‘rimi? Alloh taolo Shaytonga Nabiy sallolohu alayhi vassalam o‘tirgan davraga borib savollariga rost javob berishini buyurganida, borib salom berib xonaga kirganida Nabiy sallolohu alayhi vassalam «Salom Allohnikidir» deya alik olmaganlarini o‘qigandim. Qanday xolatlarda biz salom bermasligimiz yoki alik olmasligimiz kerak? Qanday kishilar bilan umuman muloqot qilmasligimiz kerak? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa din vakillariga birinchi bo‘lib salom berilmaydi. Gunoh ish qilayotgan kishilarga ham. SALOMLAShISh ODOBLARI Haqiqatan, har bir ota-ona farzandiga tarbiya-odob berar ekan, eng avvalo salomlashishni o‘rgatadi. Jahonda odobning bu jihatiga e’tibor bermaydigan biror millat yoki xalq yo‘q. Bejizga dono xalqimiz «Gapning boshi – kalom, odob boshi – salom», demagan. Biror notanish kishi bilan ko‘rishib-tanishmoqchi bo‘lsangiz, salom berishingiz bilan gap-gapga qovushadi, o‘rtadagi begonasirash, noqulaylik barham topadi. Hatto muxolifingizning huzuriga «Assalomu alaykum», (Sizga tinchlik-omonlik bo‘lsin) deb kirsangiz, u jahlidan tushadi, keki yo‘qoladi, ko‘ngli sizga moyillashadi. Salomlashishning savobi, bunga beriladigan ajr-mukofotlar-ku, hammasini bosib ketadi. Abdulloh ibn Abbos: «Har bir narsaning nihoyasi bor, salomning nihoyasi barakotdir», deganlar. Xabarlarda kelishicha, eng yaxshi amal ochlarni to‘ydirish va tanigan-tanimagan kishiga salom berishdir. Husayn Voiz Koshifiy bunday yozadi: «Agar «Salomga javob berish odobi qaysi?» deb so‘rasalar, «Buning ettita sharti bor», deb ayt. Birinchidan, salomga xursand bo‘lib alik olish. Ikkinchidan, salom berganga «Rahmat», deyish. Uchinchidan, Islom millatiga mansub bo‘lmagan odam salom bersa ham alik olish. To‘rtinchidan, salomga alik oluvchining ham tahoratli, pok bo‘lishi. Beshinchidan, ko‘p kishi turgan bo‘lsa, oralaridan bir odam salomga javob qaytarsa kifoyaligi. Oltinchidan, salomga ishorat yoki imo bilan emas, ovoz chiqarib alik olish. Ettinchidan, salomga alik olganda salom bergan kishining eshitishi zarurligi». Salom berish va alik olish xususida axloq-odobimizning quyidagi bir qancha ko‘rsatmalari bor: «Avval salom, keyin kalom» (ya’ni boshqa gap-so‘zlar). «Salom bermagunicha, birovni taomga chaqirmanglar». «Oila a’zolaringiz huzuriga, ya’ni uyingizga salom bilan kiring, shunda sizga ham, oilangiz a’zolariga ham baraka yog‘iladi». «Odamlarning Yaratganga eng yaqini boshqalarga eng avval salom berganidir». «Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar, shunda o‘rtalaringizda mehr-muhabbat uyg‘onadi». «Odamlarning bir-birlarida oltita haqlari bor: salom berish; chaqirsa, borish; maslahat so‘rasa, javob qaytarish; aksirsa, sog‘liq va shifo tilash; bemor bo‘lsa, borib ko‘rish; vafot etsa, janozasida qatnashish». «Salomga alik olish shart, bordiyu alik olinmasa, salom beruvchiga zarari yo‘q». «Yo‘ldan o‘tib borayotgan odam ko‘pchilikdan bir kishiga salom bersa kifoya qiladi, o‘tirganlardan bir kishi alik olsa etadi». Har bir xalqning o‘ziga xos salomlashish odobi bor. Ammo quyidagicha sharqona salomlashish bularning eng go‘zali va chuqur ma’nolisidir: Oqil va odobli kishi do‘stlari va yaqinlari bilan uchrashganda, odamlar oldidan o‘tayotib, biror majlis yoki jamoat joyiga kirganda, «Assalomu alaykum», deb salom berishi zarur. Salomni yanada to‘liq va ma’nodor qilish uchun «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh», ya’ni «Sizga tinchlik-omonlik, Allohning rahmati va barakoti bo‘lsin», deyiladi. Alik olish ham salomga yarasha chiroyli va mukammal bo‘lishi kerak. Salom berish Payg‘ambar alayhissalomning ko‘rsatmalari (sunnat), unga alik olish esa Alloh taoloning buyrug‘i (farz) hisoblanadi. Har bir kishi o‘z xonadoniga kirganda ham oila a’zolariga salom beradi. Salom to‘liq, so‘zlarini buzmay, odob bilan beriladi, u «salom», «somalaykum» (ma’nosi: sizga o‘lim bo‘lsin), «salom berdik», «privet», «xayrli kun» kabi buzuq shakllarda bo‘lmasligi lozim. Ulov(ot, eshak, mashina kabilar)dagi kishi – piyodaga, piyoda ketayotgan odam – o‘tirganga, ozchilik – ko‘pchilikka, kichiklar – kattalarga, yuqori mavqedagi kishi pastroq mavqedagi odamga birinchi bo‘lib salom beradi. Ko‘pchilik o‘tirgan joy yoki izdihomga kirib borgan kishi bir odamni xoslamay, hammaga salom beradi, ammo o‘tirganlarning ichidan bir kishi alik olsa kifoya qiladi. Salom berilsayu, ammo biror kishi ham alik olmasa, o‘tirganlarning hammasi farzni tark qilgan gunohkorlardan bo‘ladi. Boshni qimirlatib, ovozsiz, faqat qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish bilangina salom berib ham, alik olib ham bo‘lmaydi. Salom-alik baralla, eshittirib aytilishi kerak. Haddan tashqari engashib, erga bukilib salom berish odobimizda man etilgan. Xiyol egilib salom berish mumkin. Notanish kishilarga, yosh bolalarga ham salom beriladi. Uchrashganda qanday salom berilsa, xayrlashayotganda ham shunday salom bilan ajrashiladi. Hech kim yo‘q uyga kirganda ham salom beriladi. Agar biror kishi birov orqali sizga salom aytib yuborgan bo‘lsa, buning javobini («Assalomu alayka va alayhi», deb) darhol qaytarishingiz lozim. Salom maktub orqali yuborilgan bo‘lsa, dilingizda yoki xat orqali yozma ravishda «Vaalaykum assalom», deyiladi. Chiroyli ayollarga, shuningdek, bid’atchi, behayo, fosiq va kofir kimsalarga salom berilmaydi va alik olinmaydi. Salomga alik olish maqbul bo‘lmagan o‘rinlarda salom berish makruh sanaladi. Qur’on o‘qiyotganga, namoz o‘qiyotganga, azon yoki takbir aytayotganga, hammomda yuvinayotgan kishiga, hojatxonada o‘tirganga, nomahram ayollarga, og‘zida taomi bo‘lgan kishiga, uxlayotganga, duo, xutba o‘qiyotganga, hajda «Labbayka» aytayotgan ehromli kishiga salom berib bo‘lmaydi. Qo‘l berib ko‘rishganda, kaftni kaftga qo‘yib, ikki qo‘llab ko‘rishiladi, uzrli holatlardagina bir qo‘llab ko‘rishsa bo‘ladi. Uzoq ko‘rishmaganda yoki yaqin kishilarnikiga mehmonga borganda, erkaklarning quchoqlashib ko‘rishishlari maqbul. Bunda bir-birini avval o‘ng ko‘krakka, keyin chap ko‘krakka bosiladi. So‘ngra qo‘l berishib, hol-ahvol so‘raladi. Ammo ayrim kishilar o‘rtasida urfga kirganidek, og‘iz-burun o‘pishib ko‘rishish odobimizga mutlaqo ziddir. Ko‘p zamonlar ko‘rishmaganda peshona yoki boshdan o‘psa bo‘ladi. Olimlar, fazilatli kishilar, ulug‘ ustozlarning qo‘lidan o‘pish mumkin. Yosh bolalarni bag‘riga bosib, erkalatib, peshona yoki boshidan o‘psa bo‘ladi. Nomahram ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishilmaydi. Ko‘pchilik to‘plangan joylarda ko‘rishish uchun hammani bezovta qilish shart emas, salom berilgach, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib, «Ko‘rishganimiz – so‘rashganimiz», deyilsa kifoya. (“Ijtimoyi odoblar” kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 229 | Dolzarb savollar