Lanatlash

Assalomu alaykum! Agar kim bilandir janjallashib qolsam yoki kimdir meni norizo qilsa jahl ustida uni ichimdan so‘kaman,qarg‘ayman ammo uni hechkim bilmaydi. Gohida masjidga chiqqanimda men tanigan yaramas insonlar masjidga ehson qilayotganini ko‘raman va bu sadaqasi qabul bo‘lmaydi degan fikr keladi. Aytingchi bu ham gunohmi va undan qutilish uchun nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizdagi yomon va yoqimsiz xulqlarga qarang. Albatta bu narsa qiyin bo‘ladi, chunki inson tahoratxonada o‘tirib ichidan chiqqan sassiqdan jirkanmaydi. Birovning og‘zidan kelgan hidga jahli chiqadi. Inson o‘zining ayblarini qidirib, yoqotishga harakat qilsa birovlarning aybi bilan ishi bo‘lmay qoladi. Shunday xayol kelganida o‘zingizga o‘zingiz “Sen o‘zing o‘shani ham qilolmaysanku” deb ayting. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 176 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar