Topib olingan buyumdan foydalanish

Assalomu alaykum! Mani ukam velik topib olgandi, biz malum vaqt uni egasi ko‘rsa tanisa olib ketishini kutib tashkariga chiqarib qo‘ydik, e’lon xam qildik. Xech kim chiqmadi. Shu velikni egasi chiqib qolsa albatta qaytarib beramiz degan niyatda foydalanib, uchib tursak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi, saqlab turinglar. U sizlarda omonat bo‘lib, omonatdan foydalanish joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar