Tsement savdosi

Assalomu alaykum!  Men qurilish mollari sotish bilan shug‘ullanaman. Tsementni o‘zimiz qoplatib sotamiz, qoplarda tsementni og‘irligi xar xil bo‘ladi. Ular bir-biridan 3-4kg farq qiladi. Shu qop tsementni  hammasini bir xil narxda sotsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Evazsiz olingan har bir haq haromdir. Masalan 40 kiloli qopdagi tsementni sotib, 45 kiloga pul olinganda 5 kiloning puli shak-shubhasiz haromdir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar