Nega yuz tuklarini terish mumkin?

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz s.a.v. husnni o‘zgartiruvchi ayollarni la’natlaganlari haqidagi hadisdan ogohmiz. O‘sha hadisda mo‘ychinak ila teruvchi va terdirguvchi hamda vashm qilguvchi va qildirguvchi ayollar ham deyilgan. Men savol javoblarni kuzatib boraman va ayollarga yuz, lab usti va peshona qismini tukini terishlari joiz deyilgan. Shunga tushunmadim. Men qoshimni terdirmayapman, lekin ko‘rganlar qosh terish mumkinmasu, lekin yuz terish mumkin ekanmi desalar nima deb javob berishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol ayol kishidek turishi kerak. Erkak kishiga o‘xshab soqol mo‘ylovlari chiqib qolsa bu undagi ayb hisoblanadi. Aybni ketkazishga shariat ruxsat beradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar