Qarzni qaytarib olish duosi

Assalomu alaykum! Mening bir yaqinimdan katta miqdorda qarz olishgan, lekin imkoni bo‘laturib bohonalar aytib berishdan bosh tortishmoqda. Yaqinim esa bergan qarzlarini qaytarib ololmay siqilib yurak kasalligiga uchradi. Bir duo haqida eshitgan edim-kimdir qarz berib ololmay yurgan bo‘lsa, ushbu duoni o‘qisa Alloh o‘sha kimsalar yuragiga iymon solib qarzligini o‘zligi olib kelib berishar ekan. Sizlardan shu duoni so‘ramoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng to‘g‘risi tahoratni qilib hojat namozini o‘qib Allohdan so‘rash. U odamni Allohga topshirib Hasbunallohu va ne’mal vakiil ni ko‘p o‘qib yuring. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 352 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar