Taloqni shartga bog‘lash

Assalomu alaykum! Agar er xotiniga jaxl ustida “shu vaqtgacha kel bo‘lmasa 3 taloqsan” degan bo‘lsayu ulgurmasligini bilib u vaqtdan oldin “gapimni qaytarib oldim” desa (xotiniga emas o‘ziga o‘zi) baribir taloq tushadimi? Agar shu vaqtga xotin ulgurmagan bo‘lsa? Javob uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xotin ulgurmagan bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar