Jannatda ham karnay chalinadimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, to‘ylarda karnay surnay chalinadi. Bir tanishim jannatda xam karnay chalinadi dedi. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu karnaychining chiqargan gapi bo‘lsa kerak. Jannat g‘ayb ishi, u haqida oyat va hadislarga suyanib gapirishimiz mumkin. Biror oyat yoki hadisda jannatda karnay chalinadi degan gap yo‘q. Qiyomatda chalinadigan sur haqida gapirgan bo‘lsa uni ovozidan butun maxluqot jon beradi. U to‘yning karnayi emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar