Qabrni qayta yangilash

Assalomu alaykum! Bir tanishim o‘zining otasini, bobosi va buvisini qabrini yangilamoqchi ekan, yani "rekonstruksiya" qilmoqchi. Otasining qabrining holati: atrofi(chegarasi) g‘isht bilan o‘ralgan, usti tunuka bilan qoplangan va qabr toshiga ismi, familiyasi, tug‘ilgan kun va vafot etgan kuni yozilgan. Bobosi va buvisining qabrining holati: usti sement bilan o‘ralgan. Shuni maslahatini qilayotgan edik men quyidagi ma’nodagi gaplarni aytdim: "qabrlar faqatgina oddiy tuproqdan bo‘ladi xolos, do‘stimning aytishicha Arabistondagi qabristonda qabrlar faqat oddiy tuproqdan bo‘lar ekan, faqat bir dona toshi bo‘lar ekan, menimcha bu tosh qabrning raqami bo‘lsa kerak" dedim. Keyin u kishi aytdiki: "Shayx hazratlarining qabri ham oddiy tuproqdan emas ekan" dedi. Men: " Imom Buxoriy larni ham qabrlari oddiy tuproqdan emas ediya" dedim. Lekin nega bundayligini hikmatini o‘zim ham bilmas ekanman. Savol: 1. Shu tanishimga nima maslahat berasizlar, otasi, bobosi va buvisining qabrlarini qaytattan yangilash kerakmi yoki ularni buzib boshqattan oddiy tuproqdan qilishsinmi? 2. Imom Buxoriy va boshqa zotlarning qabrlarini bunday holdaligining hikmati nimada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shayx hazratlarini qabrlariga qarab ish tutishsin. 2). Ular istisno tariqasida keyingi avlodlarga hayot tarzlari va ilmlari ibrat bo‘lishi uchun saqlab qolinadi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar