Homiladorlikda xurmo

Assalomu alaykum! Homilador ayol arab xurmosini ko‘p esa tug‘ruq oson o‘tadi deb eshitdim. Bu haqida hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozirgi fan ham tuqqan ayol uchun eng foydali narsa hurmo ekanligini tan olishdi. Alloh taolo “Maryam” surasida marhamat qiladi:  وَهُزِّي إِلَيْكِ بِجِذْعِ النَّخْلَةِ تُسَاقِطْ عَلَيْكِ رُطَبًا جَنِيًّا۝ 25. Xurmo tanasini o‘zingga silkit, senga yangi xurmo tushiradi», – deb nido qildi.
Xurmo ko‘zi yorigan ayollar uchun eng yaxshi taom ekani ma’lum. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 211 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar