Pochchamning jaxl ustida aytgan gaplari

Assalomu alaykum! 1. Opamning eri pochcham jaxl ustida opamga taloqsan taloqsan taloqsan debdi. O‘sha payt opamning xayz ko‘rgan payti ekan. Eshitishimcha xayz ko‘rgan ayolga taloq tushmas ekan shu rostmi? 2). Pochcham uch taloqsan demabdi, aloxida-aloxida aytibdi. Taloqni domlalar va ilmli odamlardan surishtirsak “bir taloq tushgan, nikox o‘qittirib yashayveringlar” deyishyabdi. Shu masala bizni o‘ylantiryabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bekor gap. Taloq tushadi. 2). Oraga uch taloq tushgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar