Erning majburiyatlari

Assalomu alaykum! Mening bir qarindoshim bor. U turmushga chiqganiga sal kam 8 yil bo‘lib qolibdi. Tushgan joyi dindan uzoq odamlar ekan. Hozirda uning 3 nafar farzanlari ham bor. Qarindoshimning eri dangasa odam, ishlasa ham oilasiga foydasi tegadigan ish qilmas ekan. Bolalari chaqaloqligidan (pampers, kasha va boshqa) kerakli narsalarni xotini taraf olib berar edi, chunki eri ta’minlamas edi, va shu bo‘yicha ko‘p janjal bo‘lar edi. Hozirda ham qarindoshimning ro‘zg‘orini tayini yo‘q. Garchi uyda qaynona va qaynota bo‘lsa ham. Uyidagilari uni kasal bo‘lsa davolatmas, og‘irlashib qolsa uni yolg‘onchiga chiqabor, janjal chiqarib uni uyinda tuzalib kel deb yuborishar, bolalari kasal bo‘lishsa ham shu ahvol ekan. Bolalarini kiyim kechagi, dori-darmoni, ro‘zg‘or xotinini bo‘ynida. Hozirda qarindoshimning boshi kasaldan chiqmay qoldi. Qarindoshimning ota-onasi qizining oilasini saqlab qolish maqsadida qiziga taskin va sabr berib, kerak bo‘lsa yordam ham berib turishadi. Kuyov taraf bilan ham bir nechcha bor gaplashishgan, lekin foydasi yo‘q, ular tushunadigan odamlar emas ekan. Savolim shuki: 1. Shunday xollatda oilani saqlab qolish kerakmi? Qarindoshimning aytishicha bundan tahminan 2 yil oldin, er xotin urishib qolishgan ekan, shunda eri xotini urib, qo‘lidan sudrab ko‘chaga olib chiqib yo‘qol ket, sendaka xotin kerak emas degan ekan. 2. Bu vaziyatda o‘rtaga taloq tushishi ehtimoli bormi? Balkim kasaldan boshi chiqmay qolganini sababi ham shundandir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lishi mumkin. Oila rohat maskani bo‘lishi kerak. Shariatimiz oila qurishdan shuni ko‘zlagan. Bu maqsad topilmagan suratda taloq qo‘yishga ruxsat bergan. Ota-ona ham to‘g‘ri tushunsin. Yuqorida yozgani bilan taloq tushadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 192 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar