Tovuq go‘shti haqida ikkilanish

Assalomu alaykum! Meni bir narsa juda qiynaydi. Bilamizki Allohni nomi bilan so‘yilmagan jonivor halol bo‘lmaydi. Hozir ko‘p joylarda tovuq muammosi bo‘lyapti. Restoran, kafe, magazin, do‘konlarda ham sotuvchi tovuqni kim so‘yganini, Allohning nomi bilan so‘yilganmi yo‘qmi hech kim bilmydi. Bu narsani so‘rasa sotuvchini ensasi qotib jahli chiqadi. Odam ikkilanib qoldi, tovuqni kim so‘yganini bilmasa, ma’lumot topolmasa, undan tayyorlangan taomni eyish mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shubhalansangiz emang. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله  صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq hotirjamlik, kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman".
Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar