Yo‘qol desa taloq tushadimi
Assalamu alaykum! Er ayoliga hazillashib turib yokida “pashol” ya’ni yo‘qol deyishiga munosib ish bo‘lmasa ham yo‘qol desa, taloqni umuman niyat qilmagan bo‘lsa, uni yaxshi ko‘rsa, lekin shunaqa gaplar bilan o‘zi hohlamasa ham og‘zidan chiqib ketsa, hazil ustida ayol ham bu gapga parvo qilmay turaversa ham taloq tushib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni niyat qilsa, taloq tushadi.
"Kifoya" kitobida quyidagicha keladi.
Kinoyali taloq uning va undan boshqa narsaning ehtimoli bor narsadir.
Bunda taloqni ham, boshqa ma’noni ham anglatadigan lafzni xotiniga nisbat berib ishlatiladi.
«Bas», «chiq», «ket», «tur» kabilarda rad va javob ehtimoli bor.
Ya’ni xotinning savolini rad qilish yoki ijobiy javob berish ehtimoli bor.
«Xolisan», «begonasan», «ajragansan», «kesilgansan» va «haromsan»ga o‘xshashlarda so‘kish ehtimoli bor.
Ya’ni «yaxshilikdan xolisan», «toatdan begonasan», «to‘g‘ri yo‘ldan ajragansan», «yaxshi axloqdan kesilgansan», «suhbatga haromsan» kabilar bo‘lishi mumkin.
«Sana», «bachadoningning tozaligini bil», «sen bittasan», «sen hursan», «ixtiyoringni qilaver», «ishing o‘z qo‘lingda», «yo‘lingni ochib qo‘ydim» va «sendan ajradim» kabilarda ikkisining ham ehtimoli yo‘q.
Ya’ni javobning ham, so‘kishning ham ehtimoli yo‘q. Bunga o‘xshash lafzlarda taloqning yoki boshqa narsaning ma’nosi bo‘lishi mumkin.
Masalan, «Sanayver», deganda «Alloh taoloning senga bergan ne’matlarini sana», degan bo‘lishi ham, «Taloqsan, iddangni sana», degan bo‘lishi ham mumkin.
Shuningdek, «Bachadoningning tozaligini bil»da «Agar toza bo‘lsa, taloq qilmoqchiman» ma’nosi ham, «Seni taloq qildim, endi bachadoningning tozaligini bilgin» legan ma’no ham bo‘lishi mumkin.
«Sen bittasan», deganda «Sen bittasan, sendan boshqa yo‘q», degan bo‘lishi ham, «Sen bitta taloqsan», degan bo‘lishi ham mumkin.
«Sen hursan», deganda «Sen cho‘rilikdan hursan», degan bo‘lishi ham, «Sen nikoh bog‘lanishidan hursan», degan ma’noda gapirgan bo‘lishi ham mumkin.
«Ixtiyoringni qilaver»da «Xohlagan ishingni qilaver», degan bo‘lishi ham yoki «Taloqda ixtiyoringni qilaver», degan bo‘lishi ehtimol.
«Ishing o‘zingning qo‘lingda», deganda «Bilgan ishingni qilaver», degan bo‘lishi ham yoki «Taloq ishi sening qo‘lingda, xohlasang, o‘zingni o‘zing taloq qilaver», degan bo‘lishi ham ehtimol.
«Yo‘lingni ochib qo‘ydim» va «Sendan ajradim»da ma’no oydin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush