Qur’onni xato tilovat qilish

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, hozirda masjidlarda va o‘limdan keyingi bo‘ladigan marosimlarda Qur’onni kirill alifbosida o‘qib tajvid qoidalariga umuman amal qilmaydiganlar juda xam ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Ayrim vaqt masjidda imomlikka ilmli odam topilmay qoladi. Shularni marosimlarda yoki masjidda namozdan keyin qilgan tilovatlarida biron savob bormi? Agar ular imomlikka o‘tsa odamlardan uyalib ular bilan jamoat bo‘lib o‘qiman, keyin o‘zim aloxida takbir aytib farzni o‘qib olaman. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tajvid ilmini o‘rganish farz. Bu farzni ado qilmaganlar imomgarchilikka o‘tmasligi va ommaning oldida tilovat qilmasliklari kerak. Ularning xato o‘qiganini aniq bilganlar namozini qayta o‘qib olishlari kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 140 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar