Ko‘z tegishi xaqida
Assalomu alaykum! Ibn Jibrin rahmatullohi alayh aytadi: «Kimga ko‘z tekkan bo‘lsa, ko‘zi tekkan odamni topa olmasa, uning biror nimasiga erisha olmasa (sunnatda unga tahorat qildirilib, suvidan bemorga ichiriladi va yuvintiriladi); Kimga hasad etgan bo‘lsa, ziyoni arimasa; Kim sehrga chalingan bo‘lsa, sehri hech echilmasa, quyidagilarni qilsin: Bir katta idishda suv oladi. Unga shaxsan o‘zi quyidagi suralarni o‘qiydi: ✔️Fotiha, 7 marta; ✔️Baqaraning ilk 5 oyati, 7 marta; ✔️Oyatul kursiy, 7 marta; ✔️Kafirun surasi, 7 marta; ✔️Ixlos surasi, 7 marta; ✔️Falaq surasi, 7 marta; ✔️Nas surasi, 7 marta. Keyin ushbu suvdan qongancha ichadi va qolgani bilan cho‘miladi. Biror qatra qoldirmaydi. Mana shu ishni uch kun davomida ertalab, tushda va kechqurun qiladi. Jami to‘qqiz marta bo‘ladi. Har safar yangi suv oladi. Bu amalni bajarar ekan, foyda etkazuvchi ham, zarar etkazuvchi ham, shifo berguvchi ham yolg‘iz Alloh ekanini e’tiqodida saqlaydi. Kimga ko‘z tekkan bo‘lsa, tanasidan ko‘z ta’siri chiqadi. Hasad etgan bo‘lsa, hasad ketadi. Sehr tekkan bo‘lsa, qaerda bo‘lmasin, qanday bo‘lmasin, daf bo‘ladi, inshoalloh».. ☝️ bu suzlar kanchalik tugre ekanligini bilmokchi edim. Iltimos shu xakida malumot bersangiz.. Etiboringiz uchun raxmat. Xammamiz OLLOX suygan bandalaridan bulishni nasib kilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu narsalar tajribaga bog‘liq. Oyat va hadisda bunday narsa yo‘q. Bu ham davolanishni bir turi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu narsalar tajribaga bog‘liq. Oyat va hadisda bunday narsa yo‘q. Bu ham davolanishni bir turi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar