Farzand ko‘rish duosi

Assalomu alaykum! Men 3 yildan buyon farzandsizman, qanday oyatlarni o‘qisam bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sabablaridan, “Maryam” surasida Zakariyo alayhissalom quyidagicha duo qilganlar.  وَإِنِّي خِفْتُ الْمَوَالِيَ مِن وَرَائِي وَكَانَتِ امْرَأَتِي عَاقِرًا فَهَبْ لِي مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا۝
يَرِثُنِي وَيَرِثُ مِنْ آلِ يَعْقُوبَ وَاجْعَلْهُ رَبِّ رَضِيًّا
۝ 5. Va albatta, men ortimdagi qarindoshlardan xavf qildim. Ayolim tug‘mas edi. Bas, menga O‘z dargohingdan bir valiy hadya et.6. U menga merosxo‘r va Oli Ya’qubga merosxo‘r bo‘lsin. Robbim, uni O‘zing rozi bo‘ladigan qil», – dedi.
Siz ham "Robbi hablii milladunka valiyya vaj’alhu Robbi rodiyyaa" deb ko‘p duo qiling va "Robbi hablii minasslolihiin"ni ham ko‘p o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 214 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar