To‘yga, bazmga borsa nikoh buziladimi?

Assalomu alaykum! Qishloq joylarda to‘y qilishganda kechki bazm, ya’ni "vecher" deyiladigan o‘yin kulgi bo‘ladi. Qishloqda ko‘pchilik, yosh o‘g‘il-qizlar, ayollar, erkaklar ham tomoshaga boradi. Bir kishi aytdiki bunday joylarga borgan erkak yoki ayol u erda nomaxramlar ko‘p bo‘lgani uchun, bir-biriga ko‘zi tushgani uchun yoki boshqa bir sababmi nikohi buzilarkan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunoh ishni bajarish alohida masala, lekin siz aytgan ish bilan nikoh buzilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar