Shu ishim halolmi?
Assalomu alaykum! Men talabaman, alhamdulillah Alloh menga ilmni ato etgan. Imtihon vaqtlari ko‘p o‘rtoqlarim ularga imtihon mahali yordam berishimni so‘rashadi. Ularga yordam bersam, hizmat haqqi yuzasidanmi tushlik vaqti o‘z hisoblaridan menga ham to‘lab yuborishadi. Shu taom men uchun halolmi? Bundan tashqari o‘qituvchi bergan topshiriqlarni qilib berishimni va buning evaziga malum miqdorda pul berishini aytishadi. Qo‘shimcha shu yo‘l bilan pul topishim joizmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Talabalarni ilmdan bebahra qolishiga sabab bo‘ladigan bu kabi ishlar ochiq-oydin pora hisoblanib, shar’an haromdir. Agar layoqatingiz yaxshi bo‘lsa, ularni o‘qishga qiziqtirish uchun o‘rgatishingiz yoki o‘quv markazi ochib, bemalol bolalarni imtihonga tayyorlashingiz mumkin. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom