Dajjol va Sofiy ibn Sayyod

Assalomu alaykum! Dajjol va Sofiy ibn sayyod Bir maruzada dajjol haqida eshittim. Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘sha davrda yashaydigan 12 yasharli yahudiy Sofiy ibn Sayyodni dajjol deb gumon qilar ekan. Bir kuni Umar r.a bilan yahudiylar erlariga va hurmozorlariga o‘tishadi. Umar r.a shunday deydi:Rasululloh alayhissalom hurmolar orqasida biridan ikkinchisiga yugurib o‘tib to‘xtardi, go‘yo nimadandir qorqib yoki ehtiyotkorlik maqsadida. Oxiri Sofiy ibn Sayyod uxlab yotgan xurmo oldiga etti. Undan har xil g‘uldurash, ovozlar chiqarardi. Oldiga etib borib Sofiyni diqqat bilan eshitdi. Uni dajjolmi yoki u emas. Shu payt Sofiyni onasi uydan chiqib qolib uni uyg‘otib yuboradi. Agar uni onasi uyg‘otib yubormaganida uni kimligini bilishini aytib berishlikka yaqin kelgandi. Keyin u bilan suhbatlashishadi. Oxiridagi bir savolida payg‘ambarimiz alayhissalom unga ey Sofiy men ichimda bir so‘zni yashirdim bilasanmi dedi. Sofiy o‘ylanib turib addux, addux deyayotganda Rasululloh alayhissalom keskin ovozini o‘chir, haddingdan oshma dedi. Umar r.d anhu bu keskin javobni eshitib nimani o‘yladandiz Rasululloh degandan. Men duxon(tutun) so‘zni yashirgandim. Payg‘ambarimizni qalbidagi so‘zni yarmi tushunganda Rasululloh unga ovozini ochir, haddingni bil deb yubordi. Bu voqealardan keyin Umar r.a qasam ichib Sofiy ibn Sayyodni dajjol deb aytsa odamlarga payg‘ambarimizni oldida, payg‘ambarimiz indamasdi. Payg‘ambarimizdan keyin dajjolni sifatlari unda paydo bo‘ldi. Ko‘zi qiyshaydi, avlodi quridi. Ummaviylar halifaligi davrida harro jangida Sofiy ibn Sayyod ham qatnashdi va mashu urushda uni oliginiyam, tiriginiyam yo‘qotib qo‘yishdi. Shundan beri yo‘q. Bu aytganlarim sahihmi. ? Yuqorida hadis sahih bo‘lsa aslini taqdim etaolasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis sahih. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لِابْنِ صَائِدٍ: قَدْ خَبَأْتُ لَكَ خَبِيئًا فَمَا هُوَ؟ قَالَ: الدُّخُّ، قَالَ: اخْسَأْ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالْإِمَامُ أَحْمَدُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ibn Soidga:
«Men sendan bir narsani berkitib qo‘yganman. U nima?» dedilar.
«Ad-dux...», dedi.
«Jim bo‘l!» dedilar».
Buxoriy va Ahmadlar rivoyat qilganlar.
Sharh: Boshqa bir rivoyatda Ibn Soidning o‘rniga Ibn Sayyod deb aytilgan. U payg‘ambarlik da’vosini qilgan bir nobakor edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qalblarida bir gapni berkitib turib, undan so‘radilar va u «Ad-Duxon» (ya’ni qiyomatdagi tutun) demoqchi bo‘lib, gap boshlagan edi «Jim bo‘l!» deya jerkib berdilar. Arab tilida biz «Jim bo‘l!» deb tarjima qilgan ibora «Ixsa’» shaklida ishlatiladi. Aslida bu ibora itni jerkish uchun ishlatiladi. Biroq bu so‘zni yoqimsiz gapni gapirayotgan beodoblarni jerkish uchun ham ishlatish odat bo‘lib qolgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:30 | Savol-javoblar | 323 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar