Savdoda, ishlab chiqaruvchini bilib olish

Assalomu alaykum! Armatura soxasida savdoda ishlaymiz. Armaturani sotishga taklif kilayotgan firma, ishlab chiqaruvchini yashirishga xarakat qiladi. Chunki ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishimizdan qo‘rqadi. O‘zi bilmagan xolda ishlab chiqaruvchini aytib qo‘ysa, va biz ishlab chiqaruvchini o‘zidan olish imkonimiz paydo bo‘lsa ishlab chiqaruvchidan sotib olsak bo‘ladimi? O‘rtadagi firmani xaqqiga xiyonat qilib qo‘ymaymizmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aslida hech qanday zarari yo‘q. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qishloqdan shaharga narsa olib kelib sotuvchilarni yo‘liga peshvoz chiqib narsasini arzon sotib olib shaharliklarga qimmat narxdan sotishdan qaytarganlar. Chunki bu narxni qimmatlashishiga olib boradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar