Farzni 3-4-rakatlarida Fotiha o‘qimaslik

Assalomu alaykum! 4 va 3 rakatli farz namozlarida Fotiha surasini o‘qimasdan, sura o‘qilish muddaticha sukut saqlab tursa bo‘ladimi? Men buni bir tanishimdan eshitgan edim. Shu to‘g‘risida birorta hujjat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi: وَالْمَرَأَةُ تَجْلِسُ عَلَى أَلْيَتِهَا الْيُسْرَى، مُخْرِجَةً رِجْلَيْهَا مِنَ الْجَانِبِ الْأَيْمَنِ وَيَتَشَهَّدُ كَابْنِ مَسْعُودٍ، وَلَا يَزِيدُ عَلَيْهِ وَيَقْرَأُ فِيمَا بَعْدَ الْأُولَيَيْنِ الْفَاتِحَةَ فَقَطْ سِرًّا وَإِنْ سَبَّحَ أَوْ سَكَتَ جَازَ Avvalgi ikki rak’atdan keyingi rak’atlarda Fotihani ovozini chiqarmay qiroat qiladi.
Peshin, asr, shom va xufton namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarida faqat Fotiha surasi qiroat qilinadi. عَنْ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، كَانَ يَقْرَأُ فِي الرَّكْعَتَيْنِ الْأُولَيَيْنِ مِنَ الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَسُورَتَيْنِ، وَفِي الْأُخْرَيَيْنِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ، وَيُسْمِعُنَا الْآيَةَ أَحْيَانًا، وَيُطِيلُ فِي الرَّكْعَةِ الْأُولَى مَا لَا يُطِيلُ فِي الثَّانِيَةِ، وَهَكَذَا فِي الصُّبْحِ رَوَاهُ الشَّيْخَانِ  Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshin va asrning avvalgi ikki rak’atida «Fotihatul Kitob» va ikki surani, keyingi ikkisida «Fotihatul Kitob»ni qiroat qilar edilar. Gohida bizga oyatni eshittirib qo‘yar edilar. Birinchi rak’atida (qiroatni) uzoq qilar, ikkinchisida qisqa qilar edilar. Bomdodda ham shunday qilar edilar».
Ikki shayx rivoyat qilishgan.
Agar tasbeh aytib, sukut saqlasa ham joiz.
Ya’ni uchinchi, to‘rtinchi rak’atlarda Fotihani qiroat qilmasdan, tasbeh aytsa ham namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:27 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar