Ustaxonamda qolgan omonatlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ilm ahllari, Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin, ilmsizlarga ilm bersin. Menda oldin turli xildagi maishiy texnikalarni tamirlaydigan ustaxonam bor edi. Hozir u ishimni vaqtinchalik to‘xtatdim. Ko‘p mijozlar narsalarini olib ketishdi. Qolgan 1-2 mijozlarning narsalari turibdi, chunki ularni nomeri manda yo‘q, tanimayman(berishayotganda erta kelaman deb darrov chiqib ketishgani ham bor, birovlari har kuni kelib so‘rab, keyin kelmasdan ketganlari ham bor). 1-2 yil chamasi bo‘layapti. Savol shuki, ular menga omonatmi? Umuman qanday yo‘l tutishim kerak? Hukmi qanday? Er to‘lamizda turibdi joy egallab, birovga berishni ham bilmayman, chunki bir xillari ishlaydigan holatda. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ular sizga omonat, egalariga qaytarishingiz shart. Qanday qaytarishingizni bilmaymiz. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar