Qurbonlik qilishimiz ma’qulmi?

Assalomu alaykum! Nomimizdagi barcha mol mulk kreditga olingan, ya’ni uzoq muddat davomida pul to‘lab qarzimizdan qutulamiz, InshaAlloh. Undan tashqari ham ko‘p qarzga botganmiz, hozir faqat bitta kreditkada pul bor. Shu kartani (% bor) ishlatib qurbonlik qilishimiz zarurmi? Oyligimiz bir necha kundan so‘ng keladi, yoki shuni kutib, keyin qurbonlik qilishimiz ma’qulmikin? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!  Qarzingizdan ortgani nisob miqdorida bo‘lsa, qurbonlik  vojib bo‘ladi. Qurbonlikni o‘sha kunlarda qilishga ulgurilmasa o‘rtacha qo‘yning miqdorini faqir-miskinlarga sadaqa qilish vojib bo‘ladi. Quyidagi savol-javobni o‘qib olinglar. Savol: Zakot berishda uzoq muddatli qarzlar ham chiqarib yuboriladimi? Masalan: Besh yilda uzish sharti bilan yigirma million qarz olib, uy sotib olsa va qo‘lida o‘n-o‘n besh million puli bo‘lsa, u kishiga zakot vojib bo‘ladimi? Javob: Qarz ikki turga bo‘linadi. Mu’ajjal va muajjal, ya’ni naqd berilishi kerak bo‘lgan va  keyinchalik berilishi kerak bo‘lgan qarz. Savoldagi qarz muajjal, ya’ni keyinchalik berilishi vojib bo‘lgan qarzga kirib, u zakot berishni man qilmaydi. وَعَنْ أَبِي حَنِيفَةَ لَا يُمْنَعُ. وَقَالَ الصَّدْرُ الشَّهِيدُ : لَا رِوَايَةَ فِيهِ ، وَلِكُلٍّ مِنْ الْمَنْعِ وَعَدَمِهِ وَجْهٌ . زَادَ الْقُهُسْتَانِيُّ عَنْ الْجَوَاهِرِ : وَالصَّحِيحُ أَنَّهُ غَيْرُ مَانِعٍ Abu Hanifadan qilingan rivoyatda: «(Zakot)man  qilinimaydi», deyilgan. Sodrushshahid aytdi: «Bu borada rivoyat yo‘q. Lekin  man qilish va man qilmaslikning ham dalillari bor. Ko‘histoniy Javharadan ziyoda qilib: «Sahih gap shuki, muajjal qarz zakot berishni man qilmaydi», dedi («Roddul muxtor», 2-jild, 5-bet). Shuning uchun qo‘lidagi boridan zakot beradi» (Muhammad Taqiy Usmoniy). Ba’zilar: «O‘sha yilda beradigan qarzini chiqarib yuborib, qolganidan beradi», deganlar (Xolid Sayfulloh Rahmoniy. Hind fiqh akademiyasi raisi). Avvalgisi ehtiyotliroqdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:51 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar